GURLAN

GURLANXorazm viloyatidagi shaharcha (1982—1992-yillarda shahar), Gurlan tumani markazi. Yaqin t. y. stansiyasi Shovot — 20 km. Gurlandan viloyat markazi Urganch sh. gacha 36 km. Oʻrtacha t-ra iyulda 26—28°, yanv. da —6°. Aholisi 24,0 ming kishi (2002). Gurlanda hokimiyat binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, 2 transport korxonasi, «Gurlanteks» ip gazlama va trikotaj kiyimlar f-kasi, 7 umumiy taʼlim maktabi, 8 kutubxona, madaniyat va istiroxat bogʻi, stadion, 2 kasalxona, 4 poliklinika, dorixona bor.