GURZUVON

GURZUVON, Gurzivon, Jurzuvon — Afgʻonistonning shim. da joylashgan oʻrta asrlardagi tarixiy shahar va viloyat. 10-a. da Gurzuvon — maxalliy xukmdorlarning yozgi qarorgohi. Gurzuvon shahri togʻlar orasida joylashganligi tufayli iqlimi juda sogʻlom va musaffo boʻlgan. 12-a. da mustahkam qalʼaga ega Gurzuvon va uning atrofidagi togʻ dovonlari Makkani eslatgan. 10-a. da Gurzuvonda koʻplab miqdorda yaxshi «nabiz», yaʼni vino ichimligi tayyorlangan. Muhammad Xorazmshohning (13-a. boshi) Gurzuvonda oʻz zarbxonasi boʻlgan. Gurzuvonda Gʻuriylarnmng «malik» unvoniga ega boʻlgan noiblari turishgan. Ulardan biri — Husayn Xarmil gʻuriylar qoʻshinining ilgʻoriga qoʻmondonlik qilgan. 15—18a. birinchi yarmida Gurzuvonga koʻplab yirik qishloqlar tobe boʻlgan. Oʻrta Osiyoga Shapboniyxon qoʻshinlari bostirib kirganda (1503) Husayn Boyqaro oʻgʻli Badiuzzamon mirzoga Gurzuvonni mustahkamlash zarurligi haqida noma yuborgan. Nodir Muhammadxon davrida (1631) Gurzuvon Abdulaziz sultonga tegishli mulk (iqto) boʻlgan. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыmnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Prev Article

GURJILAR

Next Article

GURZUF