GUTTAPERCHALI DARAXTLAR

GUTTAPERCHALI DARAXTLAR — shirasi tarkibida guttapercha boʻladigan oʻsimliklar. Bargi oddiy, mevasi — rezavor. Hindixitoy yarim o., Katta Zond, Filippin o. lari, Yangi Gvineya va Afrikaning jan. sharqiy qirgʻoqlarida oʻsadi. Guttapercha, asosan, Zond o. larida va Malakka yarim o. ida oʻcadigan daraxt (Palaquium gutta)dan poʻstini tilib qoʻyib, shirasini oqizish yoʻli bilan olinadi. Bitta yetuk daraxt 0,3—3,2 kg guttapercha beradi. Guttaperchali daraxtlar tropik mamlakatlardan Yevropaga dastlab 1656-y. da keltirildi. Qrimda, Qora dengiz qirgʻoqlaridagi nam subtropik mintaqalarda qayragʻochsimon evkommiya (Eucommia ufmoides) oʻsadi.