GUYUKXON

GUYUKXON (1205-48) – moʻgʻullar imperiyasining ulugʻ qoni (1246—48). Oʻqtoyxon (Ugeday) (1186 — 1241)ning toʻngʻich oʻgʻli. Chingizxonning nabirasi. 1236—41 y. moʻgʻul shahzodalarining Botuxon boshchiligida Rossiya va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlarida qatnashgan. Lekin otasining vafotini (1241-y. mart) eshitib, shoshilinch ravishda oʻz yurtiga qaytib kelgan. 1246-y. sent. da Qoraqurumda boʻlib oʻtgan Chingizxon avlodlari qurultoyida Guyukxon qonlik taxtiga oʻtqazilgan. Otasi vafotidan keyin oʻtgan 5 yil mobaynida davlatni onasi Turakina xotun boshqarib turgan. Guyukxon hukmronlik davrida Kavkazning jan. sharqiy qismi, Koreyaning bir qismi bosib olingan. Xitoy va Eronni bosib olish uchun kurash davom ettirilgan. Chigʻatoy ulusinaig ichki ishlariga aralashgan. Guyukxon Oltin Oʻrda hukmdori Botuxonga qarshi urushga otlanib yoʻlga chiqqanda toʻsatdan vafot etgan.

Prev Article

GOʻSHTASP

Next Article

GFR