Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

GVADIANA

GVADIANA (arab, vodiy — dare va lot. anas — G. ning qad. nomi) — Ispaniya va Portugaliyadagi dare. Uz. 820 km, havzasining mayd. 68 ming km2. Lamanch platosidan boshlanib, Atlantika okeanining Kadiss qoʻltigʻiga quyiladi. Sugʻorishda foydalaniladi. Qishda va bahorda toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 80 m3/sek. Quyi oqimida kema qatnaydi. Katta suv ombori va GES qurilgan.

Prev Article

GVADELUPA

Next Article

GVALIOR