GʻAFUROV

GʻAFUROV Ibrohim (1937.27.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim, tarjimon. Filol. fanlari nomzodi (1973). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1963), boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari (1970—82). «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gaz. da bosh muharrir oʻrinbosari (1982—95). «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisining birinchi oʻrin-bosari (1995), «Milliy tiklanish» gaz. bosh muharriri (1995-y. dan), partiya MK raisi (1996 — 2004). Gʻafurovning ilmiy faoliyati adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning muhim masalalariga bagʻishlangan. Asarlarida badiiyatda haqqoniylik, insoniylik. adolat, milliy oʻziga xoslik va xolislik prinsiplarining namoyon boʻlishi hodisalari tahlil qilingan.

F. M. DostoyevskiyJinoyat va jazo», «Telba», «Qimorboz»), E. Xe-minguey («Chol va dengiz», «Alvi-do, qurol»), Ch. Aytmatov («Qiyomat», «Chingizxonning oq buluti»), Gi de Mopassan («Azizim»), Nozim Hikmat («Surur») romanlarini, hind ilohiy kitobi «Panchatantra»ni, Konfutsiy hikmatlarini va b. asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Gʻafur Gʻulom» (1983), «Maq-sud Shayxzoda» (1987), «Zulfiya» (1985), «Boborahim Mashrab» (1984) hujjatli filmlari ssenariysi muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1-, 2 – chaqi-riq Oʻzbekiston Oliy Majlis deputati.

As: Goʻzallikning olmos qirralari, T.. 1963; Joziba, T.. 1970; Yonar suz. T.. 1973; Yam-yashil daraxt, T.. 1975; Prozaning shoiri, T.. 1981; Lirikaning yuragi, T., 1983; Iltijo, T., 1991; Dil erkinligi. T., 1998.

Prev Article

GʻAFUROV

Next Article

GʻAFUROV