GʻAFUROV

GʻAFUROV Shamsuddin (1883 – Samarqand — 1963) — meʼmor, ganchkor usta. Hunarni otasi usta Gʻafur bilan birga ishlab oʻrgangan; usta Saʼdulla, usta Abduqodirlar bilan birga ishlab malakasini oshirgan. Kalontarov uyi (1894), Bogi Baland masjidi (1900), Xoʻja Nisbatdor masjidi (1901), Shayboniyxon masjidi, Xushvaqtboy uyi (Samarqand viloyatida) va b. ni bezashda qatnashgan. Davlat va xusu-siy uylar qurilishida ishtirok etib, ularni ganch oʻymakorligi bilan bezadi: Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi binosi (1940), Muqimiy teatri (1942—43), Navoiy teatri (1947) va boshqalar. Gʻ. Sherdormad-rasa toqilarini tiklashda (1926), Ulugʻbek madrasasining shim.-sharqiy minorasi muqarnaslari (1932), Tillakori madrasa, Shohizinda an-sambli (1934—45), Amir Temur maq-barasi (1943—45), Shahrisabzdagi Koʻk gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon (1954—55) va b. meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda faol ishtirok etgan. U ^yaratgan ulgi, axta, andazalar va ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.