GʻALLAOROL TUMANI

GʻALLAOROL TUMANIJizzax viloyatig&t tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1931-y. gacha Yangiqoʻrgʻon tumani deb atalgan. Viloyatning gʻarbiy, jan.-gʻarbiy qismida joylashgan. Shim. dan Forish, sharqdan Jizzax, jan. dan Baxmal tumanlari, jan.-gʻarb va gʻarbdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 2,0 ming km2. Aholisi 128,1 ming kishi (2005). 1 shahar (Gʻallaorol), 2 shaharcha (Mar-jonbuloq, Qoʻytosh), 11 qishloq fu-qarolari yigʻini (Buloqboshi, Guliston, Ittifoq, Koʻkbuloq, Madaniyat, Mirzabuloq, Moʻltob, Mulkush, tozaurugʻ, Qipchoqsoy, Gʻoʻbdin) bor. Markazi — Gʻallaorol sh.

T a b i a t i . Tumanning markaziy va gʻarbiy qismi tekislik, shim. va shim.-gʻarbiy qismi qir, baland adir va togʻlardan iborat. Shim. dan Nurota tizmalari, sharqsan Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Tuman hududining katta qismi uning markaziy qismidan shim. ga 350400 m dan 1600-1900 m gacha koʻtarilib boruvchi tekislik. Tekislik Nurota togʻi etaklarigacha davom etadi. Foydali qazilmalarl. sh qoʻrgʻo-shin, rux, oltin, volfram. mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qum, shagʻal, gips, granit, ohaktosh va b. turli qurilish materiallari mavjud, shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iklimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 326 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shim. qismidagi adirlarning tuprogʻi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproq. Soylik, jar koʻp. Tuman hududidan Sangzor daryosi oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, yal-piz, lola, lolaqizgʻaldoq, iloq, qiyoq, shoʻra, shuvoq, yantoq, naʼmatak, zira, zirk va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, chiyaboʻri, arxar, quyon; sudralib yuruvchilardan tosh-baqa, zaharli ilonlar, echkemar, kal-takesaklar; kemiruvchilardan kala-mush, yumronqoziq, dala sichqoni; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgʻovul, kaklik, kaptar yashaydi; suv havzalarida turli baliqlar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va b. mil-lat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 61,9 kishi. Shahar aholisi 32,2 ming kishi, qishloq aholisi 91,6 ming kishi.

X oʻ j a l i g i . Gʻ. t. da Marjonbuloq va Qoʻytosh volfram-molibden konlari, meva-konserva, sharob i. ch. korxonasi, parrandachilik aksiyadorlik birlashmasi, avtokorxona, MTP, sutni qayta ishlash, q. x. texnikasini taʼmirlash, paxta tozalash, gʻisht z-dlari bor. 230 ga yaqin firma, oʻrta biznes, kichik korxona, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. «Gʻallaorol — Iordaniya», «Gʻallaorol — Turkiya», «Gʻal-laorol — Belogorsk», «Vollastonit» (Qoʻytoshda) qoʻshma korxonalari ishlab turibdi.

Q. x. da gʻallachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartosh-ka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy i. ch. birlashmasi, urugʻchilik firmasi va b. bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, parran-da, yilqi boqiladi. Tuman hududidagi kanallar uz. 76 km, zovurlar uz. 106,6 km.

90 ga yaqin umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 33 ta tarmogʻi (244 ming nusxa asar), 11 madaniyat uyi, 15 klub muassasasi mavjud. «Oltin boshoq» ashula va raqs, «Gashtak» folklor-et-nografik dastalari faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari va b. sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi (520 oʻrin), 4 poliklinika, tugʻruqxona, 55 feldsher-akusherlik punkti, 10 qishloq-vrachlik am-bulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti va t. y. oʻtgan. Tuman markazidan Toshkent, Samarqand, Jizzax sh. lari, viloyatning Baxmal, Gagarin, Paxtakor, Doʻstlik sh. lariga avtobuslar qatnaydi. Tezyu-rar ToshkentSamarqand elektr poyezdi tuman hududidan oʻtadi.

Gʻallaorol tumanida Oydinsoy (mil. av. 1-a.), Qoʻngʻirtepa, Shaxidtepa (1-a.), Almantepa, Jalmantepa, Lapaktepa, Pardakultepa, Nushkent kabi tarixiy arxeologik yodgorliklar bor. «Gʻalla-orol ovozi» tuman gaz. chop etiladi.