GʻALLAOROL

GʻALLAOROLJizzax viloyati Gʻal-laorol tumanidat shahar (1973-y. dan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Jizzax sh.) dan 30 km gʻarbda. ToshkentSamarqand t. y., Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Aholisi 23 ming kishi (2005). Paxta tozalash, gʻisht, q. x. texnikasini taʼmirlash, sutni qayta ishlash z-dlari, parran-dachilik f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, Xotira bogʻi bor. Stadion, sport zallari, sport maydonchalari va b. sport insho-otlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻallaoroldan Toshkent, Samarqand, Jizzax va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Samarqand elektr poyezdi shahar hududidan oʻtadi.

Prev Article

GʻALLABANK

Next Article

GʻALLAOROL TUMANI