GʻARB — ufqning, dunyoning 4 asosiy tomonlaridan biri. Shim. ga qarab turgan quzatuvchining chap tomonida. Osmon soyerasida Gʻarb olam (osmon) ekvatori bilan haqiqiy ufq chizigʻi kesishgan ikkita nuktadan biri. Gʻarb yoki XV (uye„1) bilan belgilanadi. Oʻrta asrlarda Gʻarb oʻrniga magʻrib atamasi ishlatilgan. Afrikaning shim.-gʻarbiy qismi, Tunis, jazoir, Marokash Magʻrib deb, Atlantika okeani, Oʻrta dengiz Magʻrib dengi-zi, Sahroi Kabir, Sudan choʻllari Magʻrib choʻllari deb atalgan. Magʻribdan mashriqqacha deganda Afrikadan Xitoygacha boʻlgan hudud tushunilgan.