GʻIJDUVON JANGI

GʻIJDUVON JANGI — Ubaydullaxon, Bobur va Eron qizilboshlilari qoʻshini oʻrtasida boʻlgan jang (1512-y. 24 noyab.). Koʻ. sh Msiik . jdagshash galabalan keyin Ubaydullaxon Buxoro va Samarqandni egallaydi. Biroq, Eron shohn Ismopl I Safaviy yuborgan Najmi Sonpy boshchiln-. gidagi 60 ming kishilik safaviylar qoʻshiniga suyangan Bobur 1512-y. kuzida Gʻuzor va Qarshini egaldapdi (q. Qarshi mudofaasi).

Naj. mi Soniy qoʻshini bu paptda Gʻijdunonni qamal qplishga kirishadi. Ubaydullaxon va Jonibek Sulton Karmanaga. Koʻchkunchixon va temur Sulton Miyonqolga chekinib. hal qiluvchi jangga tayyorgarlik kurishgan. Turkiston sh. dap yetib kelgan Ubaydullaxonning piri va ustozi Mir Arab unga jang oldidan koʻrsat-malar berib va qoʻshinini ruhlanti-rib, Gʻijduvon ustiga boshlaydi. Sultonlar qoʻshini yetib kelmasdan oldin, Gʻijduvondagi oz sonli mudo-faachilar qalʼadan chiqib, lushman qoʻgshini bilan ahyon-ahyonda jangga kirib turishgan. Biroq harbiy rejani puxta amalga oshprgan Ubaydullaxon oʻzining oz sonli harbiy dastasi bilan hijriy 918-y. 3-ramazonda yakshanba kuni (1512-y. 24 noyab.) da Gʻijduvon yaqinidagi Zarongari qishlogʻida Najmi Soniy qoʻshini ustiga toʻsatdan hujum qilgan. Gʻijduvon jangida Ubaydullaxon boshchiligidagi qoʻshin Najmi Soniy va Bobur rahbarligidagi harbiy kuchlarni «toʻlgʻama» usulida yenggan. Najmi Soniy hagto kiyimini kiyishga ha. m ulgurmay otta oʻtirib qochayotganida Ubaydullaxon jangchilari tomonidan oʻrab olingan va oʻldi-rilgan. Bobur esa Xurosonga ketishga majbur boʻladi. Koʻp sonli qizilboshlilar qushpnidan (taxm. 60 ming kishi) faqat oz sonli shialargina Eronga qaytishgan.

Manba: Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob, T.. 1993: Zahirpddin Muhammad Bobur, Boburnoma. T.. 2002.

Ad.: Istoriya Oʻzbekisgana (XVI — pervaya polovina XIX veka) t. Z, T.. 1993.

Qahramon Rajabov.