GʻIJMALOS

GʻIJMALOS, gʻichmalos — govzabondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 10—40 sm, shoxlangan poyasi tukchalar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimon, uch qismi toʻmtoq yoki oʻtkir qirrali. Gullari mayda, gajak toʻpgulga yigʻilgan, kosacha bargi 2 mm, gul tojisi oqish, mayda, toj naychasi 2—3 mm. mevasi 4 boʻlakli yongʻoqcha. Urugʻi tuxumsimon, usti yaltiroq, tekis yoki sal gʻadir-budir. May—iyunda gullab, iyun—iyulda urugʻlaydi. Oʻzbekistonda, asosan, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda tarqalgan. Toshloqjoylarda va togʻ yonbagʻirlarida oʻsadi. Ekinlar orasida begona oʻt sifatida ham uchraydi. Tarkibida geliotrin, laziokarbin va b. alkaloidlar bor. Zaharli.