GʻOʻSSOY

GʻOʻSSOYSamarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uz. 18 km. Zaraf-shon tizmasining Chaqilikalon tarmogʻidan Murinak dovoni yaqinidan boshlanadi. Dargʻom kanaliga borib qoʻshiladigan Selxona (Moʻminobod) soyiga quyiladi. Qor, yomgʻir, buloq suvlaridan toʻyinadi. Gʻoʻssoy yon-atrofidagi Childuxtaron va Chakchakidon gʻorlari arxeologik ahamiyatga ega. Soy vodiysida Gʻoʻs, Soygʻoʻs qishloqlari joylashgan.