GʻUNJAK GʻORI

GʻUNJAK GʻORISamarqand viloyati Narpay tumanidagi gʻor. Turitogʻning (Zirabuloq — Ziyovuddin togʻlari) jan. yon bagʻrida, 620 m balandlikda joylashgan. Devon davriga oid ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi Turitogʻning yon bagʻrida (quduq shaklida, diametri 1,5 m). Gʻunjak gʻori ichida, marmar oniksini qazib olish maqsa-dida, portlash ishlari natijasida vujudga kelgan (uz. 40 m li) shtolnya mavjud. Shtolnya orqati (uz. 11 m, eni 4—5 m, bat. 2—4 m) gʻor xonasiga kiriladi. Xonadan gʻorning katta xonasiga boruvchi yoʻlakcha (uz. 6 m, eni 1—2 m, bal. 1,5 m) boshlanadi. Katta xona gumbaz shaklida boʻlib diametri taxm. 20 m, bal. 15 m. Katta xonaning shipida yer ustiga chiqiladigan (uz. 4 m, diametr 2 m gacha boʻlgan) boʻshliq bor. Katta xonada kalsiy va aroganit minerallaridan stalaktit va stalag-mitlar hosil boʻlib, baʼzi joylarda tutashib ustunlar hosil qilgan. Katta xonadan pastga tomon yoʻlak-chalar tarqalgan. Gʻorning katta xonasidagi t-ra 15°, nisbiy namlik 40% (iyun oyida). Gʻorning umumiy uz. 90 m, mayd. 404 m2, hajmi 3,6 ming m3 dan ziyod.