HARAKAT

HARAKAT — borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H. dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obyektning mavjudligi undagi Harakat va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli Harakat borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib koʻrsatiladi:

1) mexanik Harakat — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning Harakati qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi Harakati haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. Harakatning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning Harakati), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va b. turlari farqlanadi.

2) fizik Harakat (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H. igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu Harakat shakliga mansubdir);

3) kimyoviy Harakat (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H. i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va b. kimyoviy jarayonlar kiradi);

4) biologik Harakat (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy Harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik Harakat ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obyektiga kiradi;

5) ijtimoiy Harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi Harakat shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning Harakati, informatsion Harakat, gʻoyaning Harakati, maʼnaviy Harakat, xayoliy Harakat va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik Harakat boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, Harakat murakkab shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda – ʻ Qadimdan Harakat va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. Harakatni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari Harakatning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular Harakatning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa Harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H. ning yoʻqli-gini oʻzining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon oʻqi» kabi mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan.

Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel H. ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. Harakatni tushuntirishda Harakatning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) Harakatni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, Harakat siz materiya boʻlmaganidek, materiya ham Harakat siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.

Harakatning moddiy tashuvchisi tushunchasi Harakat oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim «nimaningdir» H. i, «nimaning-dir» oʻzgarishi degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha «nima» H. ning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H. shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi Harakatlar toʻgʻrisida gap borganda «Harakatning moddiy tashuvchisi» tushunchasi oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Uning oʻrnini «harakatlanuvchi sistema» tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri, axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema, gʻoyaviy sistema va sh. k. maʼnaviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol boʻlishi mumkin. Harakatning manbai haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi. Ichki ziddiyatlar Harakatning ichki manbaidir. Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini Harakat manbai deb bilishadi. Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki tufayli u H. ga kelgan. Aslida. voqelik H. siz boʻlishi mumkin emas, u doimo Harakatda, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning oʻzida Harakatda ham, sukunatda ham boʻlmaydi, Harakat zid-diyatlidir va uning natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar jismni Harakatga keltiradi, shu maʼnoda har qanday Harakatning manbai ziddiyatdadir. Harakat shakllari borliqsagi oʻzaro aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir. Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. Harakat yoki harakatlanuvchi sistema xoh moddiy koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, olamning oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. Harakat — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu sababli Harakat borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga boʻladigan Harakat rivojlanish deyiladi, aksi regressiv Harakat dir.

Ad.: Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik, T., 2001; Ibn Sina, Izbrannme filosofs-kiye proizvedeniya, M., 1980; Fayzullayev A. F., Prinsip ustoychivosti i izmenchi-vosti v prirode, T., 2000.

Baxtiyor Toʻrayev.