HARBIY BLOK — davlatlarning umumiy siyosiy, iqtisodiy va harbiy vazifalarni hal etish uchun birgalikda harakat qilish maqsadida tuzgan harbiysiyosiy ittifoqi yoki shartnomasi. Harbiy bloklar tuzish jahonning ikki qut-bga boʻlinishi sharoitida avj olgandi. AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) tuzilgan boʻlsa, sobiq SSSR va uning ittifoqchilari Varshava shartnomasi harbiy blokini tashkil qilgandilar (1955-y. 14 may). Bu hol oʻsha paytda har 2 qutb orasida ziddiyatning keskinlashishiga olib keldi. Sotsialistik tizim yemirilishi bilan SSSR, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya va Chexoslovakiya davlatlari aʼzo boʻlgan Varshava shart-nomasi oʻzoʻzidan barham topdi (1991-y. 1 iyul). Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining bir qismini birlashtirish maqsadida 1954-y. Manila (Filip-pin) sh. da AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelan-diya, Tailand, Filippin va Pokiston vakillari tomonidan imzolangan SEATO (Janubi-sharqiy Osiyo shart-nomasi tashkiloti) harbiy blokini esa 1975-y. sent. da tarqatib yuborishga qaror qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharqsagi harbiy siyosiy tashkilot — SENTO (Markaziy shartnoma tashkiloti) tuzilganda (1955) unga Buyuk Britaniya, turkiya, Iroq, Eron va Pokiston aʼzo boʻlib kirgan edi. Bu tashkilot 1979-y. avg. da oʻz faoliyatini toʻxtatgan.