HARBIY TARIX

HARBIY TARIX — 1) harbiy ishning qad. zamonlardan hozirga qadar boʻlgan rivojlanish jarayoni;

2) oʻtmishdagi urushlar va qurolli kuchlarni oʻrganuvchi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beruvchi fan. H. t. tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga harbiy fanning bir qismi boʻlib, oʻtmishdagi urushlarning strategiya va taktikasi nazariyasini oʻrganadi.

Harbiy tarixning eng muhim sohalari: urushlar tarixi — konkret urushlarning maqsadi, sabablari va xarakterini, ularning borishi, natijalari va tarixiy jarayondagi ahamiyatini ochib beradi; qurolli kuchlarning qurilishi tarixi — qoʻshin turlari va qurolli kuchlarning har xil turlarining yaratilishi, tayyorlanishi, tuzilishi va texnik aloqalari jarayonini oʻrganadi; harbiy sanʼat tarixi — harbiy harakatlarning borish shakli va usullarining almashishi va rivojlani-shini tekshiradi; harbiy tafakkur tarixi — ularning tabiati va xarak-teriga qarab harbiynazariy qarashlar rivojini, urushlarni tayyorlash va ularni olib borish, harbiy qurilish va harbiy sanʼat masalalarini hal qilishni oʻrganadi. Harbiy tarixshunoslik, harbiy manbashunoslik va harbiy arxeografiya harbiy tarixning maxsus boʻlimlari hisoblanadi.

Harbiy tarix mavzusida turli davlatlarda olib borilgan ishlarni rivojlantirish va muvofiqlashtirish maqsadida 1938-y. da harbiy tarix boʻyicha xalqaro komissiya (1SMN — 1pgegpaIopa1 Sott18510p oGʻ MSHgagu Shzgogu) tashkil etilgan va u harbiy tarixchilar uchun fikr almashish platformasi sifatida faoliyat yuritmoqda. 1SMNga aʼzo boʻlgan davlatlarda milliy komissiyalar tashkil etilgan boʻlib, 1SMN qurultoylari 1980-y. ga qadar har 5 y. da bir marta, keyingi davrda esa har yili oʻtkazib kelingan.

Hoz. davrda 1SMNga Turkiya, Germaniya, AQSH, Albaniya, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Xitoy, Chexiya, Daniya, Marokash, Finlyandiya, Fransiya, JAR, Jan. Koreya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Isroil, Shvetsiya, Shveysariya, Italiya, Yaponiya, Kanada, Vengriya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlar aʼzo boʻlib kirgan.

Prev Article

HARBIY STRATEGIYA

Next Article

HARBIY TAʼLIM