Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

HAYDAROBOD

HAYDAROBOD — Hindistondagi shahar, Dekan yassitogʻligining markaziy qismida, Musi va Usi daryolari qoʻshilgan yerda joylashgan. And-hra-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,04 mln. kishi (2001). Hindiston jan. qismining muhim iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo-farmatsevtika, tamaki, qogʻoz, oyna-shisha sanoati korxonalari mavjud. Transport, energetika, elektrotexnika mashinasozligi rivojlangan. Aviatsiya jixrzlari, qurol-yarogʻlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan, qoʻlda uy-roʻzgʻor buyumlari, badiiy buyumlar tayyorlanadi, matolar toʻqiladi. Markaziy geofizika boshqarmasi, muzeylar (arxeologiya, Yevropa va Sharq sanʼati) bor.

Shaharga 16-a. oxirlarida asos solingan. 1924—56 y. larda Haydarobod rojaligining poytaxti, keyinchalik Haydarobod shtati, 1956-y. dan AndhraPradesh shtatining maʼmuriy markazi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Chor-Minor Zafar arki (1591), Makka Masjid (17a.), Golkonda qalʼasi qoldiqlari (16— 17-a. lar), Usmoniya un-ti majmuasi (20a.) bor.

Prev Article

HAYDAROBOD

Next Article

HAYDAROBOD SULTONLIGI