HAYKAL Muhammad Husayn (1888. 10.8, Kafrgannam — 1956.8.12, Qohira) — arab yozuvchisi, adabiyotshunos va davlat arbobi (Misr). Qohira huquqshunoslik bilim yurtini tugatgan (1909). Fransiyada siyosiy iqtisod va huquq fanlarini oʻrgangan (1909—12). Konsti-tutsionliberalistlar partiyasi muas-sisi — «Siyosat» jur. ni boshqargan (1922—33). 1943—52-y. larda shu parti-yaning raisi. Maorif vaziri (1937 — 44), davlat vaziri va senat raisi (1945-50). Dastlabki «Zaynab» (1914) romani bilan misr nasri rivojida yangi bosqichni boshlab bergan. «Muhammadning hayoti» (1929), «Misr siyosati haqida xotiralar» (1—2j., 1951—53), «U shunday yaratilgan» (1955) kabi asarlarida mamlakat tarixi, adabiyotning taraqqiyoti, siyosiy hayot va b. mavzularga murojaat qilgan.