HAZRATQUL BAXSHI

HAZRATQUL BAXSHI (taxallusi; asl ism-sharifi Hazratqul Hudoyberdiyev) (1920, Qamashi tumani Qoraqoʻton qishlogʻi) — Qamay dostonchilik maktabining vakili. Dushanba ped. in-ti tarix-geografik f-tini tugatgan (1958). Yoshligidan xalq dostonlarini kuylashga qiziqqan. Repertuarida «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi», «Goʻroʻgʻli bilan Yunuspari», «Avazxon», «Avazning arazi», «Nurali va Oyxumor», «Alpomish» kabi dostonlar bor. Undan ayrim sexrli fantastik er-taklar («Madhiya» nomli), zamonaviy mavzuda doston va termalar ham yozib olingan, gramplastinkaga koʻchi-rilgan.

Prev Article

HAZRATISHOH

Next Article

HAZRATQULOV