HIKMATOV

HIKMATOV Omon (1929L.5, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), iqtisod fanlari d-ri (1970), prof. (1971). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgangan (1953). Oʻrta Osiyoning qator togʻ-geologiya, konchilik korxonalarida muhandis boʻlib ishlagan (1953— 61). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-tida ilmiy xodim (1959—61). Oʻrta Osiyo Davlat reja qoʻmitasining bosh muhandisi (1963—66), Oʻzbekiston Davlat reja qoʻmitasi (Gosplan) boʻlim boshligʻi (1966—68), shu qoʻmita huzuridagi Iqtisodiyot i. t. institutida boʻlim mudiri (1968—74), direktor (1974—75). Oʻzbekiston FA Ikti-sodiyot in-tida direktor (1975—2004). 2004-y. dan shu in-tda ilmiy masla-hatchi. Ilmiy ishlari investitsiyalar (kapital qoʻyilmalar) va yangi texnika samaradorligini oshirish, shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va b. masalalarga bagʻishlangan.

Ad.: Materialn k biobibliografii uche-n[x Oʻzbekistana. Aman Xikmatovich Xikmatov, T., 1989.

Prev Article

HIKMATLI SOʻZLAR

Next Article

HIKOYA