HISOB — sonlarni ifodalash va bel-gilash usuli. Hisob tizimlarida p ta birlik (mas, oʻn) 2-razryadning bir birligiga (oʻnlikka) birlashadi. 2-raz-ryadli shuncha son 3-razryadning bir birligiga (yuzlikka) birlashadi va h. k. p soni Hisob tiziminingʻ asosi, har bir razryaddagi birliklarning sonini ifodalovchi belgilar raqamlar deyiladi. Eng kup qoʻllanadigan Hisob tizimi oʻnlik tizim boʻlib, unda 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari ishlatiladi (q. Oʻnli sanoq tizimi). Baʼzi xalqlar Hisobning beshlik tizimidan foydalanishgan. Qad. Bobilda oltmishlik tizim mavjud boʻlib, bu tizim soat va gradusning 60 min. ga, minutning 60 sek. ga boʻlinishida hozirgacha saqlanib qolgan.