HUDAYDA

HUDAYDAYaman Arab Respublikasidagi shahar. Aholisi 360 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mamlakatning Qizil dengiz boʻyidagi muhim por-ti: chetga kofe, quruq mevalar, teri, paxta chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mexanika ustaxonalari, paxta tozalash, oziq-ovqat, tamaki, yogʻochsozlik korxonalari, ip gazlama f-kasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Hudaydaning eski shahar qismida Bob al-Mushrif darvozasi, Katta masjid saqlangan.

Prev Article

HOSHIYA

Next Article

HUDAYCHI