HUJJATLI FILM

HUJJATLI FILMkino sanʼati turi. Unda haqiqiy voqealar kinosurati material boʻlib xizmat qiladi. 1-hujjatli kinosuratlarni aka-uka Lyumyerlar 1895-y. (Fransiyada) olishgan. Oʻzbekistonda 1-H. f. ni Xudoybergan Devonov suratga olgan. Ovozsiz kino davriga mansub Hujjatli film larda asosan tasvir hal etuvchi rol oʻynagan, voqealar mazmuni titr (yozuv)larda izohlangan, gʻoyaviy yoʻnalishda voqea ob-razi hukmronlik qilgan. Ovozli kinoga oʻtilgach, film voqealari diktorlar tomonidan sharhlangan (yana q. Oʻzbekisto Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi).

Prev Article

HUJJAT al-ISLOM

Next Article

HUKM