HUKUMAT

HUKUMAT — davlatning oliy kollegial ijroiya organi. Hukumat turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h. k. H. partiya-siz, bir partiyali va koalitsion boʻlishi mumkin. Hukumat tuzish tartibi boshqa-ruv shakliga bogʻliq boʻladi. Parlamen-tar mamlakatlarda Hukumatni davlat boshligʻining topshirigʻiga koʻra bir palatali parlamentda yoki ikki pala-tali parlementning quyi palatasida koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning yetakchisi (koalitsion Hukumatda — partiyalar yetakchilaridan biri) — tomonidan shakllantiriladi. Prezi-dentlik respublikalarida Hukumat prezi-dent tomonidan shakllantiriladi, bunda bir qator mamlakatlarda (Be-lorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va b.) prezident tomonidan tayinlangan Hukumat aʼzolarining har biri parla-ment tomonidan tasdiqlanishi kerak. Hukumat aʼzolari (vazirlar, davlat kotiblari va b.) davlat boshqaruvining muayyan markaziy idoralariga boshchilik qiladilar. Parlamentar mamla-katlarda ular, odatda, parlement aʼzolari boʻlishi kerak, prezidentlik respublikalarida va qoidaga koʻra, yarim prezidentlik respublikalarida ham vazirlik lavozimi va deputatlik man-datini birga qoʻshib olib borish mumkin emasligi qoidasi amal qiladi. Parlamentar davlatlarda Hukumat parlament oldida (ikki palatali parlementda — quyi palata oldida) kollegial tarzda javobgar boʻladi. Parlamentdagi koʻpchilik tarqalib ketganda (mas, huku-mat koalitsiyasi boʻlganda) Hukumat isteʼ-foga ketishi kerak yokl parlament tarqatib yuborilib, muddatidan ilgari saylovlar oʻtkazish lozim boʻladi. federativ davlatlarda markaziy Hukumat va federatsiya tarkibiga kiruvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, viloyatlar) Hukumati mavjud boʻladi. Hukumat yo toʻliq tarkibda ishlashi mumkin, yoki Hukumat boshligʻi bir muncha tor kollegiya (Buyuk Britaniya, Hindiston va b. mamlakatlarda — kabinet) — tuzadi. Hukumat oʻz tarkibidan yordamchi hukumat qoʻmitalari tashkil etishi mumkin. Hukumat qarorlari siyo-siy direktivalar tusida ham, norma-tiv hujjatlar yoki qonun loyihalari koʻrinishida ham rasmiylashtiriladi (odatda alohida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladi), keyin parla-ment tasdigʻiga kiritiladi.

Oʻzbekistonda H. Vazirlar Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi (yana q. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi).

Prev Article

HUKM

Next Article

HULKAR