Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

HULKAR

HULKARSavr yulduz turkumida joylashgan tarqoq yulduz toʻdasi. Oddiy koʻz bilan 6—9 ta eng yorugʻ yulduzini koʻrish mumkin. Toʻdada taxm. 540 ta yulduz bor. Eng yorugʻ yulduzi — Alsiona yoki Savrning g si V spektral sinfga kiruvchi qaynoq yulduzlar. Ravshanligi 2,9. Butun toʻdani qoplab olgan changli tumanlik mavjud. Hulkarning diametri 15 parsek (-49 yorugʻlik yili). Barcha yulduzlari fazoda deyarli bir tomonga parallel harakat qiladi. 19-a. oxirlaridayoq Toshkent rasadxonasida Hulkarning noyob fotosuratlari olingan edi.

Prev Article

HULBUK

Next Article

HULOKU