IBN HURDODBEH

IBN HURDODBEH Abulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh (820—913) — geograf va tarixchi. Eronda tugʻilgan, Bagʻdodda maʼlumot olgan. Jibal viloyati (Eronning shim.-gʻarbida) aloqa mahkamasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor boʻlgan. Ibn hurdodbeh. ning arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik bayoniy uslubdagi «Kitob almasolik va-l-mamolik» («Yoʻllar va mamlakatlar haqida kitob») asarida, jumladan, Kaspiy dengizi boʻyidan to Gʻarbiy va Sha-rqiy Turkistongacha boʻlgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yoʻllar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim maʼlumotlar bor.

Prev Article

IBN XALDUN

Next Article

IBN YUNUS