ICH TERLAMA

ICH TERLAMA, qorin tifi — oʻtkir yuqumli kasalliklardan biri; bunda bemor isitmalaydi, ichi buziladi va badaniga toshma toshadi. Ich terlama mikrobi (harakatchan tayoqcha)ni nemis olimi K. Ebert kashf etgan, shuning uchun Ebert tayoqchasi deb qam ataladi.

Ich terlama butun yer yuzida uchraydi va maʼlum sharoitda epidemiya tusini oladi. Aholining sanitariya-maishiy sharo-iti kasallikning tarqalishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Sanitariya madaniyati past mamlakatlarda Ich terlama keng tarkaladi.

Hayvonlar I. t. bilan ogʻrimaydi. Odam I. t. ga juda moyil. Bemor kasallik davrida, baʼzan sogʻaygandan keyin ham mikroblarini najas (baʼzan siydik) bilan chiqaradi. Bakteriya tashuvchilik deyiladigan bu holat kasallikning tarqalishida maʼlum rol oʻynaydi. Ich terlama b-n ogʻrigan kishilar tuzalgandan keyin, ularning oʻrta hisobda 3—5% i 3 oygacha, baʼzan bir necha yillab bakteriya tashuvchi boʻlib qolishi mumkin. Bemor yoki bakteriya tashuvchi chiqargan Ich terlama mikroblari tashqi muhitda (suv, tuproq, oziq-ovqat va b.) t-ra, namlikka, oftob bor-yoʻqligiga qarab bir qancha vaqt tirik turadi. Ariq, hovuz, dare suvining ifloslanishi, shuningdek, sabzavot, hoʻl meva, sut va b. ovqatlarga pashsha qoʻnishi Ich terlama yuqishiga sabab boʻlishi mumkin (pashsha bemor yoki bakteriya tashuvchining najasiga qoʻnib, uning zarralarini xartumi va oyoklariga ilashtirib ketadi). Ich terlama mikroblari oziq-ovqatga iflos qoʻldan, sabzavotga najas bilan oʻgʻitlangan dala tuprogʻidan oʻtishi mumkin. Qulay sharoitda kasallik mikroblari sutda va suyuq ovqatda ham koʻpayadi.

Ich terlama mikroblari odam organizmiga ogʻizdan (suv, sabzavot, hoʻl meva va ovqat b-n) kirib, ingichka ichakka oʻtadi va uning devorlaridagi limfa tu-gunlarida koʻpayib, ularni yalligʻlantiradi. Limfa tugunlaridagi toʻqimaning irishi (nekroz) sababli ichak devorida yara paydo boʻladi. Ich terlama mikroblari aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, ulardan baʼzilarida yana koʻpayib, yangi yalligʻlanish oʻchoklarini vujudga keltiradi. Mikroblar jigar, oʻt yoʻllari, oʻt pufagi, koʻmik va buyraklarga oʻrnashib olsa, surunkali bakteriya ta-shuvchilikka olib kelishi mumkin. Ich terlama mikroblarining toksinlari limfa tugunlari (ayniqsa, ichak limfa tugunlari)ga, shuningdek, moddalar alma-shinuviga va yurak-tomir sistemasiga zararli taʼsir koʻrsatadi.

Ich terlama yuqqandan 10—21 kun (inkuba-sion davr) oʻtgach, kishining darmoni quriydi, aʼzoyi badani ogʻriydi, jun-jiydi, boshi ogʻriydi, uyqusi va ish-tahasi yoʻqoladi. T-rasi sekin-asta koʻtarilib, birinchi haftaning oxirida 39—40° ga yetadi va keyin shu darajada turadi. Kasallikning dastlabki davrida bemorning tili karash boylab, ogʻzidan yoqimsiz hid keladi, baʼzan jigar va talogʻi kattalashib, bezillab turadi, ichi kelmaydi, korni dam boʻladi, bemor loqayd boʻlib yotadi (apatiya), terisi qoʻlga issiq va quruq tuyuladi; keyin alaxlaydi yoki ruhan va jismonan tamomila boʻshashib (holatiʻrazm boʻlib) yotadi. Kasallikning 9—12-kuni badanida (koʻpincha qornida) teridan salgina koʻtarilib turadigan och pushti, yumaloq dogʻlar (rozeola-l a r ) koʻrinadi, ular barmoq bilan bo-silganda yoʻqoladi. Til quruq, ikki cheti va uchi qip-qizil boʻladi, kasallik belgilari roʻyirost koʻrinadigan davr (odatda 2—3 hafta) bemorning hayoti uchun koʻproq xavf tugʻdiradi. Bu davrdan keyin kasallikning asosiy belgilari sekin-asta soʻna boshlaydi. Bemor toʻla quvvatga kirguncha kamida 4—5 hafta oʻtadi. 100 bemordan 3—5 tasida kasallik qaytalanishi mumkin (retsidiv).

Bemorni davolash va parvarish qilish. Ich terlama boʻlgan bemor kasalxonaning alohida boʻlimiga yot-qiziladi. T-rasi tushguniga qadar oʻtirish va yurishga ruxsat berilmaydi. Ogʻzi paxta yoki doka oʻralgan choʻp b-n artib turiladi (q. Bemorni parvarish qilish).

Ich terlamada bemorni toʻgʻri ovqatlantirish davolash bilan birday ahamiyatli. Ovqat ichakka zoʻr kelmaydigan, yetarli kaloriyali, vitaminli, turli-tuman boʻlishi kerak (sut, qatiq, qaymoq,-sariyogʻ, kisel, shirguruch, kam yogʻ shov-la, kompot, qiymalangan goʻsht, qaynatma shoʻrva suvi, pishirib ezilgan sabzavot va h. k. berish mumkin). Ich yurishishiga qarab turish va zarur boʻlsa, huqna qilish kerak. Bemorning idish-tovogʻi ishlatilgandan keyin har gal qaynatiladi; qolgan ovqati chelak-ka yigʻilib, xloramin yoki 5% li lizol eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi, bemorga tutiladigan tuvak is-siq suvda yuviladi va 5% li xlorli ohak eritmasi yoki 3% li lizol erit-masiga hoʻllangan latta bilan artiladi. Kir kiyimlar 3% li xlorli ohak eritmasi b-n hoʻllangan maxsus xaltaga yigʻilib, dezinfeksiya qilinadi, soʻng yuviladi. Uyni yigʻishtirish va tozalashsan chiqqan axlat yoqiladi. Bemor vrach nazorati ostida davolanadi. Oldini oli sh. Aholining sanitariya-maishiy sharoitini yaxshilash, toza ichimlik suv bilan taʼminlash, suv manbalarini qoʻriqlash, umumiy ovkatlanish korxonalarida sanitariya na-zoratini amalga oshirish, pashshani qirish va h. k. muhim ahamiyatga ega. Tur-mushda sanitariyagigiyena qoidalariga amal qilish, qaynatilmagan suv va xom sut ichmaslik, yuvilmagan xul meva va sabzavot yemaslik, ovqatdan oldin albatta qoʻlni yuvish, meva, oziq-ovqatni pashsha tegmaydigan joyda sak,lash, hojatxonani ozoda tutish va h. k. ham muhim. Bakteriya tashuvchilarni aniqlash va sogʻlomlashtirishga alohida ahamiyat beriladi. Ular suv, sut doʻkonlari, oziq-ovqat korxonalari, oshxonalar, bolalar uylari, kasalxonalarda ishga qoʻyilmaydi yoki ishdan chetlatiladi. Ichimlik suv bilan taʼminlanmagan joylarda aholini emlash maxsus choralardan hisoblanadi. Ich terlama bilan ogʻrigan bemorlar haqida vrach san-epidstansiyaga albatta xabar beradi, ular hisobga olinadi, kasallik oʻcho-gʻida dezinfeksiya oʻtkaziladi, bemorning atrofidagi kishilar tekshirilib, bakteriya tashuvchilar aniqlanadi. Vaksina bilan emlanadi, umumiy sanitariya choralari, sanitariya maorifi kuchaytiriladi va h. k.

Ad.: Musaboyev I. Q., Infeksion kasalliklar, T., 1980; Majidov V. M., Infeksion kasalliklar, T., 1996.

Shonosir Shovahobov.

Prev Article

ICH KETISHI

Next Article

ICHAK