IKONOGRAFIYA (yun. eikon — tasvir, obraz va… grafiya) — tasviriy sanʼatda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan qatʼiy tartib, qoida. Ikonografiya qoidalari qadimda sanʼat bilan diniy urf-odatlar, marosimlarning munosabatlari zaminida yuzaga kelgan hamda u shaxs va lavhalarni tanib olishni yengilla-tishga va ularni tasvirlash qoidalarini maʼlum diniy qarashlar b-n kelishishga yoʻnaltirilgan (maye., xristian sanʼatida Momohavo, Iso, «bayramlar» I. si). Sanʼatning yangi maz-munlar bilan boyib borishi tufayli Ikonografiya qoidalari asta-sekin oʻzgarib bordi va murakkablashdi.
Ikonografiya — sanʼatshunoslikda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan tipologik belgilar va kridalar tasnifi va tizimi.