ILGʻOR

ILGʻOR, ilgʻa (qad. turkiycha — tez harakat qilmoq, hujum qilmoq) — 1) 6—8-a. larda turkiy xalqlarda koʻshinning old tomonida boruvchi harbiy qism, avangard. Koʻk Turk xoqonligi cherigida yizak, jizag, ilki su; qoraxoniylar, xorazmshohlar qoʻshinida yazak, temuriylar, shay-boniylar hamda soʻnggi xonliklar ar-miyasida manglay, hiravul, taloya (toliyʼa) kabi istiloh Ilgʻor maʼnosida isteʼmolda boʻlgan;

2) suvoriylarning qoʻqqisdan uyushtirgan huju-mi, oʻlja olish maqsadida qilingan bosqin, gʻorat maʼnosida eski oʻzbek tilida keng qoʻllanishda boʻlgan; «Qosimbek va Ibroqim Soru va Vays Logariy boshliklarni ikki tarafga ilgʻor yiborilib edi» (Boburnoma, 58).

Prev Article

ILGʻATU MALIK

Next Article

ILHOM