ILLIT

ILLIT (AQSHdagi Illinoys shtati nomidan) — noaniq slyuda yoki gilli mineral. Illinoys shtatidagi paleozoy davri gil yotqizikdarida topilgan. Xorij, ayniqsa ingliz adabiyotida gidroslyuda Illit deb yuritiladi. Dioktaedrik va trioktaedrik boʻlishi mumkin. Qattikligi 2,6—2,9. Rangi turli xil. Kimyoviy va termik analiz bilan qamda oʻrganilayotgan namunaga organik suyukdiklar bilan avval va keyinchalik ishlov berilgandan soʻng rentgenometrik usulda aniqlanadi. Gilli slanes va argillitlarda uchraydi. Dala shpatlarining nurashidan, boshqa gilli minerallarning diagenezi jara-yonida kolloidlarni kristallanishidan hosil boʻladi. I. Oʻzbekistonda koʻp joylarda topilgan.

Prev Article

ILLINOYS

Next Article

ILLYUZIONIZM