IMLOQ

IMLOQ — qad. shahar xarobalari. Olmaliq sh. dan (Toshkent viloyati) 12 km sharqda, Ohangaron daryosining chap soxilida joylashgan. Shahar markazi 5 ga, undan sharqda joylashgan shaqriston mayd. 12,5 ga boʻlgan. Shahristonning daryoga qaragan shim. tomoni mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan, qolgan tomonlari rabod bilan oʻralgan. Arxeologik qazish natijasida 6—7-a. larga oid mudofaa inshootlarining xarobalari, 4—11-a. larga oid turar joylar va jamoat binolari, hunarmandchilik korxonalarining qoldikdari topilgan. Shahriston va rabodda topilgan metallurgiya, kulolchilik, shishasozlik korxonalarining qoldiqlari, yirik va kichik kanallar, hovuzlarning izlari Imloqda madaniyat va sugʻorish ishlari taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Arxeologik va yozma manbalarga asoslanib I. Iloqnnnt markazi — Tunkat sh. bilan bir deb hisoblanadi.

Ld.: Masson M . Ye., Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk, T., 1953; Burya ko v Yu. F., Arxeologicheskiye materialы po istorii Tunketa i Abrlыga. Materialы po istorii Oʻzbekistana, T., 1966.

Prev Article

IMLO

Next Article

IMMERMAN