INDIGOID BOʻYOQLAR

INDIGOID BOʻYOQLAR — tuzili shi jihatdan indigo (nil boʻyogʻi) ga yaqin boʻlgan boʻyoqpar guruhi. Indigoid boʻyoqlar transshaklda tuzilgan boʻlib, ultrabinafsha nur taʼsirida ular rangi yorqinlashadi; qorongʻuda esa buning aksi kuzatiladi. Indigoid boʻyoqlarning aksarisi beqaror boʻyoqlar boʻlib, ularning ayrimlarigina mustahkam boʻyoqlarga qoʻyilgan talablarga toʻla javob beradi. Sellyuloza va oqsil tolalarini boʻyashda, chitga gul bosishda ishlatiladi.

Prev Article

INDIGIRKA

Next Article

INDIKATOR