INFARKT

INFARKT (lot. infarctus — toʻldiraman, tiqishtiraman) — toʻsatdan qon aylanishining buzilishi natijasida nekroztya. uchragan (oʻlgan) aʼzo yoki toʻqimaning biror qismi. Arteriyalarning uzoq vaqt qisilishi, gipoksiya yoki unga tromb, embol (q. Emboliya) tiqilib qolishi Infarktga sabab boʻladi. Infarkt deyarli barcha aʼzolar (yurak, oʻpka, buyrak, taloq, ichaklar, bosh miya va b.)da ku-zatiladi. Kasallikning klinik belgilari va ogʻir-yengilligiga qarab (koʻproq zararlangan tomirning katta-kichikligiga bogʻliq) Infarkt qayerda ekanligi (oʻrni) aniqlanadi.

Hayot uchun muhim aʼzolarning yirik tomirlariga bir necha daqiqa qon yetib kelmasligi ogʻir oʻtib, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Infarktda dastlab gipoksiya, keyinroq nekroz oʻrnida biriktiruvchi toʻqima rivojlanib chandiqqa aylanadi.

Davo kasalxona sharoitida tromb va embolii bartaraf etish, zararlangan aʼzoning qon oqimini izga solish va faoliyatini tiklashdan iborat.

Prev Article

INTUITSIYA

Next Article

INFEKSION KASALLIKLAR