INQIROZ

INQIROZ — taraqqiyotda orqaga ke-tish, tanazzul. Har qanday obyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni Inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy ti-zimlardagi Inqiroz larga differensial yondoshish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi Inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda ba-ravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy Inqirozi boshlanadi.

Prev Article

INCHUAN

Next Article

IOD