INSONPARVARLIK — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, bu-tun mavjudot, borliq insonga, uning baxtsaodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir.
Insonparvarlik gʻoyalari uzoqtarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq ogʻzaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy taʼlimotlarda oʻz aksini topib kelmoqda.
Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida Insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib, uning koʻp ming yillik tarixi b-n chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, saho-vatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi.
Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada Uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik goyalari Yevropada oʻrta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi (q. Gumanizm). I. keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17-a. larda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Keyingi asrlar davomida Insonparvarlik goyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-a. boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-a. ning oʻrtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. 2-jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda.
Oʻzbekiston oʻz siyosatini Insonparvarlik shartlari, talablari, qoidalariga, Sharq va Gʻarb davlatlarining eng ilgʻor tajribalariga tayanib olib bormoqda.