INTEGRATSIYA (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;
2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi;
3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish (q. Iqtisodiy integratsiya).