INTERFERON (lot. inter — oʻzaro va ferio — uraman, shikastlayman) — viruslar yoki sintetik polinukleotidlar (q. Nukleotidlar), toksinlar, antimetabolitlar va b. kirishiga javoban hujayrada hosil boʻladigan oqsillar guruhining umumiy nomi. Interferon oʻtkir virusli infeksiyadan organizmning asosiy himoya vositasi hisoblanadi.
Suvda eriydigan oqsillarga mansub, mol. m. 30000—160000. Retikulo-endotelial sistema hujayralarida va limfotsitlardz. hosil boʻladi. Interferon virusga bevosita taʼsir qilmaydi, balki hujay-rada viruslarning nuklein kislotalari sintezini tormozlovchi antivirus oqsillar hosil boʻlishiga olib keladi. Interferon yuqori molekulyar faollikka ega. Uning bir necha molekulasi hujayrani himoya qilish uchun yetarli boʻladi, biroq infeksiya bilan zararlangan hu-jayraga taʼsir koʻrsatmaydi. Interferon hayvon turiga ixtisoslashgan, yaʼni qaysi hayvonda sintezlangan boʻlsa, oʻsha hayvon hujayrasiga taʼsir koʻrsatadi, biroq har qanday virusga qarshi faol boʻladi. Interferon yoki uning hujayrada hosil boʻli-shini tezlashtiruvchi moddani organizmga kiritish orqali virusli in-feksiyaning oldini olish yoki uni davolash mumkin.