IRMOQ

IRMOQ — katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, Irmoq oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan Irmoq deyiladi. Geografik adabiyotlarida 1-, 2-, 3 – va h. k. tartibli irmoklar farq kilinadi. Mas, biror daryoga bevosita qoʻshiladigan soylar 1 – tartibli Irmoqlar, bu soylarga quyiladiganlari 2-tartibli Irmoqlar deyiladi va h. k. Ayrim turkiy tillarda, jumladan, usmonli turklar tilida Irmoq deganda umuman daryo tushuniladi.

Prev Article

IRLIR TOGʻI

Next Article

IRODA