ISAMUHAMEDOV Ergash Musayevich (1909.31.12 – Toshkent – 1983.10.1) – geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1963), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960). Geol. mineralogiya fanlari d-ri (1953), prof. (1954), Oʻrta Osiyo industrial in-tining geol. f-tini tugatgan (1935).
«Oʻzbekgeologiya» boshqarmasida geolog, geologiya-razvedka partiyasi boshligʻi (1940—42), Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-tining petrologiya boʻlimi mudiri, in-t direktori (1943), metallar boʻlimi boshligʻi va petrologiya lab. mudiri (1944—1951), ToshDU geol. f-tining petrografiya va foydali qazilmalar kafedrasi mudiri (1952—1983). Isamuhamedovning ilmiy ishlari magmatik jinslar petrologiyasiga va ularning assimilyatsiya jarayonida xrsil boʻlishiga bagʻishlangan. Isamuhamedovning bevosita ishtirokida «Dovtosh» marganes koni (Oʻzbekistonda) ochilgan.
As: Petrologiya Nuratinskogo batolita, T., 1955; Magmatizm i nekotorы voprosы metallogenii yugo-zapadnыx otrogov Gis-sarskogo xrebta, T., 1962.