ISBOT

ISBOT — mulohaza, hukm, nazariyaning chinligini aniqlash (asoslash). Isbotning obyektiv metod orqali manti-qiy ishonchga olib boradigan turi va inson his-tuygʻulari, mayllariga asoslanib ruhiy ishonchga olib keladigan turi mavjud. Birinchi turi 2 xil usul: a) bevosita hayotdan olingan faktlar orqali; b) toʻgʻriligi aniqlangan fik-rlar orqali amalga oshadi. Biror fikrning chinligi (haqiqatligi)ni toʻgʻriligi aniqlangan boshqa fikrlar orqali asoslab berish mantiqiy Isbot, fak-tlarga asoslangan Isbot esa real Isbot deb yuritiladi. Mantiqiy Isbot tuzilish jihatdan tezis (isbotlanishi kerak boʻlgan fikr), asos (tezisni isboti uchun keltirilgan dalillar), I. dan iborat. Isbot va uning qoidalarini birinchi boʻlib Aristotel ishlab chiqqan. Forobiy I. ning ayrim usullarini koʻrsatib bergan va Isbotni mantiq ilmining asosi deb aytgan. Isbot fan va amaliyetda doim qoʻllanadigan fikrlash usulidir. Zamonaviy mat. va mantiq ilmida aksimatik, chizikli, chiziqsiz, bevosita va bilvosita analogiya asosidagi Isbot, ekzistensial, muloxdza Isboti kabi usul va turlari mavjud.

Next Article

ISBOTLASH