ISFAHON

ISFAHON — Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi boʻyidagi xushmanzara joyda. Isfahon ostonining maʼmuriy markazi. Yiliga 28 mm yogʻin yogadi. Aholisi 1266 ming kishi (1997).

Isfahon qadimiy qoʻlyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (3 — 7-a. lar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi boʻlgan. 7-a. da shaharni arablar egallagan. 8—13-a. larda I. Yaqin va Oʻrta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1237-y. da Isfahonni moʻgʻul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387-y. da uni Amir Temur egallagan. Shahar 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida, Safaviylar davlatining poyimi boʻlgan davrda ayniqsa ravnaqtopgan. Isfahon 17-a. oʻrtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722-y. da uni afgʻonlar bosib olib, talon-taroj qildilar. 18-a. oxirida poytaxt I. dan Tehronga koʻchirilgach, shaqar avvalgi mavqeini yoʻqotdi.

Isfahon — mamlakatda Tehrondan keyin 2-oʻrindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yogʻochsozlik, ozik,ovqat (yogʻ, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna z-di bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya z-di qurilgan. Isfahon — gilam toʻqish va oʻr-ta asr miniatyurachiligining qad. markazi.

Isfahonda Eron meʼmorchiligining bukj yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Joms masjidi (9—20-a. lar), Chehel Doʻxtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-a. oxiri), Jaʼfar maqbarasi (14-a.), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612— 30), Lutfullo masjidi (1603—18), Ali Qopu saroyi (15-a.), Chehel Sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706— 14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha koʻprik-binolar, un-t bor.