ISʼHOQ

ISʼHOQ — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri; Ibrohim (as) ning Sora ismli ayolidan tugʻilgan oʻgʻli. Bibliyada Isaak nomi bilan maʼlum. «Bani Isroil» qavmining barcha paygʻambarlari Isʼhoq (as) avlodidandir. Rivoyatga koʻra, yoshi 90 ga yetgan Sora Isʼhoqga homilador boʻladi va u tugʻilgach, «Yasʼhak» (arabcha «kuladi» maʼnosida) deb nom qoʻyadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand koʻrganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. Isʼhoq (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egizak farzand koʻradi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, Isʼhoq, (as) 180-y. umr kurgan, Madinada dafn etilgan.

Prev Article

ISFIJOB

Next Article

ISʼHOQ ibn KUNDOJ