ISHQALANISH

ISHQALANISH — bir-biriga tegi shib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi Ishqalanish — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki Ishqalanish kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bogʻliq boʻlgan Ishqalanish koeffitsiyenti, N — jismga qoʻyilgan kuch. Biron jismning boshka jism sirti boʻylab qanday ha-rakat qilishiga qarab, statik Ishqalanish yoki tinchlikdagi Ishqalanish va kinetik Ishqalanish xillari mavjud.

Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga Ishqalanish kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, Ishqalanish vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi Ishqalanish tinchlikdagi Ishqalanish deyiladi. Tinchlikdagi Ishqalanish kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi: Qattiq jismlarda sirpanib Ishqalanish va du-malab Ishqalanish yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan Ishqalanish kuchiga sirpanib Ishqalanish kuchi deyiladi; sirpanib Ishqalanish kuchi jismning tegib turgan boshka jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida Ishqalanish kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha Ishqalanish kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib Ishqalanish koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab Ishqalanish koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik Ishqalanish deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab Ishqalanish kuchi sirpanib Ishqalanish kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. Ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi (q. Podshipnik).

Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi Ishqalanishga quruq Ishqalanish deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) b-n bogʻliq boʻlgan suyuq Ishqalanish ham mavjud. Suyuq Ishqalanish kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch b-n jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Mas, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi.

Koʻpgina hollarda Ishqalanishning foydali tomoni bor. Mac, yoʻl sirti yaxlagan vaqtda silliq boʻlganligi uchun yoʻl sirti bilan piyodalar poyabzalining tagligi yoki transport vositasi gʻildiragi orasida Ishqalanishning keskin kamayib ketishi piyodalar va transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib yuboradi. Ishqalanish boʻlmasa qoqilgan mixlar tushib, rezbali birikmalar boʻshab qolardi. Baʼzi hollarda Ishqalanishning zararli tomonlari ham mavjud. Mas, turli transport vositalari, samolyotlar, suv osti kemalari gorizontal yoʻnalishda oʻzgarmas tezlik b-n harakatlanayotganda Ishqalanish kuchini yengish uchun juda koʻp mikdorda yonilg-i sarf qiladi. Bundan tashqari, Ishqalanishlar mashina va mexanizmlarning yeyilishiga sabab boʻladi (ularning f. i. k. ni kamaytiradi). Shuninguchun Ishqalanishni kamaytirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ishqalanish ksharini kamaytirishning eng sa-marali usullaridan biri sirpanib I. ni dumalab I. ga almashtirish, ishqalanuvchi sirtlarni moylash (bunda I. kuchi 8 — 10-marta kamayadi).

2) Ichki I. — qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki I. — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki I. turli usullar bilan (mas, deformatsiya paytida jism t-rasining oʻzgarishi asosida) oʻlchanadi.

Prev Article

ISHCHILAR FAKULTETI

Next Article

ISHQALASH