ISKANDARUN

ISKANDARUN — Turkiyaning jan. dagi shahar, Xatay elida. Urta dengizning Iskandarun qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 156,8 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). T. y. tarmogʻi orqali AdanaHalab (Suriya) t. y. ga tugashgan. Toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral oʻgʻit ishlab chiqariladi. Iskandarun Iskandar Zulqarnayn vorislari tomonidan mil. av. 4-a. oxirida bunyod etilgan. 1516-y. da shaharni turklar egallagan. 1-jahon urushidan keyin Suriya tarkibida boʻlgan. 1939-y. dan yana Tur-kiyaga qaytarib berildi. Harbiy dengiz bazasi.

Prev Article

ISKANDARUN

Next Article

ISKANDARXON