ISMOIL NAYCHI

ISMOIL NAYCHI (1847-Qoʻqon-1904) — xalq sozandasi (nay). Oʻzbek, tojik, uygʻur va b. qardosh xalqlar orasida Ismoil ustod, Ismoil kusa nomlari bilan mashhur boʻlgan. Ismoil Naychi qashshoq qayot kechirgan, uning bu faqirona hayoti Muqimiyning «Koʻsamen» radifli sheʼrlarida oʻz ifodasini topgan. Bayot, Chorgoh, Ushshoq, Suvora singari mumtoz kuylarni nayda oʻziga xos uslubda ijro etgan. Sozandalik maho-ratini Sharqiy Turkiston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiya va b. mamlakatlarda namoyish qilgan. Ismoil Naychining boy ijro uslubi xususiyatlari oʻgʻli — Oʻzbekiston xalq artista Abduqodir Naychi va nevarasi — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Isʼhokjon Qodirov ijrosida uz aksini topgan.

Prev Article

ISMOIL ibn TOHIR

Next Article

ISMOIL SOMONIY