ISMOILOV

ISMOILOV Aminjon (1931.6.12, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1990), kimyo fanlari d-ri (1987), prof. (1989), Toshkent farmatsevtika in-tini tugatgan (1952). Oʻzbekiston FA polimerlar kimyosi intida, Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi intida (1960—73), Bioorganik kimyo intida lab. mudiri (1973—97), 1997-y. dan shu in-tda bosh ilmiy xodim. Asosiy ilmiy ishlari gʻoʻza va unga turdosh oʻsimliklarning fenol moddalari kimyosi, biologik roli, ularni tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida qoʻllashga oid. Ismoilov rahbarligida gʻoʻza oʻsimligida uchraydigan gossipol moddasi asosida «gossipol linimenti», «megosin malhami», «batriden tabletkasi», «gozanidon tabletkasi» kabi shifobaxsh dorilar olingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Next Article

ISMOILOV