ISMOILOV Eshonkul (1902.19.1 – Gʻallaorol tumani — 1990.22.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942-y. dan armiyada. 1943-y. dan frontda. 240-gvardiya oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 8-gvardiyachi armiyaning 74-gvardiyachi oʻkchi diviziyasi)da avtomatchi. Ismoilov 1945-y. fev. da Polshaning Poznan sh. ni ozod etish uchun boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatganligi uchun 1945-y. 31-mayda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Urushdan keyin jamoa xoʻjaligida ferma mudiri va rais boʻlib ishlagan. Uzi ishlagan jamoa xoʻjaligi va Gʻallaorol tumanidagi koʻchalardan biri Ismoilov nomi bilan ataladi.