ISSIQLIK

ISSIQLIKmateriya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori Issiqlikni ifodalaydi. Issiqlik va is-siqlik mikdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi.

Issiqlik haqidagi maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum. Qadim zamonlarda Issiqlikni jismlarning har xil holatiga bogʻliq boʻlgan qandaydir asos, negiz deb qaralgan. 16-a. gacha jismlarning qizish darajasi sezgi organlari yordamida aniqlangan. 16-a. da G. Galiley birinchi marta termometr yasab, jismlarning qizish darajasini (t-rani) aniqlagan. 17-a. dan boshlab, Issiqlik holatini materiya tarkibidagi zarralar harakatiga bogʻlab tushuntira boshlangan (F. Bekon va R. Dekart). 18-a. birinchi yarmida D. Bernulli, M. F. Volter bu taʼli-motni yana ham rivojlantirdi. 18-a. da metallurgiya va bugʻ kuchiga asoslangan texnika juda taraqqiy qildi. Bu esa Issiqlik hodisalarini yana ham anikroq tekshirishni talab etdi. Ayniqsa, t-ra (termometriya) ni, Issiqlik miqdorini oʻlchash (kalorimetriya) usullari taraq-qiy qildi. 18-a. oʻrtalarida M. V. Lomonosov berk idishda moddalarning ku-yishini tajribada tekshirib, moleku-lyar-issiqlik nazariyasini kashf etdi. Nemis tabiatshunosi Yu. R. Mayer is-siklik va mexanik ishning ekvivalentligini asoslaganidan keyin (1850— 60) J. Jdulʼ va fransuz olimi Girni tomonidan molekulyarkinetik nazariya qayta tiklandi va R. Klauzius hamda J. Maksvell tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariyaga asosan Issiqlik jismlar tarkibidagi atom va moleku-lalarning betartib qarakatiga bogʻliq. Jismning t-rasi koʻtarilsa, tarkibidagi molekula yoki atomlarning betartib harakati tezlashadi. Agar har xil trali ikki sistema birbiriga yaqinlashtirilsa (I. kontaktiga keltiril-sa), ularning ichki energiyasi oʻzgaradi; ikki sistemada makroskopik (koʻzga koʻrinadigan) ish bajarilmasdan Issiqlik almashinadi. Sistema makroskopik ish bajarmasdan tashqi muhit bilan Issiqlik almashganda tashqi muhitning ichki energiyasi oʻzgarishi sistema olgan Issiqlik deyiladi va bu Issiqlik sistemaning Issiqlik harakati miqdori ortishiga olib keladi. Issiqlik almashishda makroskopik ish bajarilma-sada, mikroskopik (koʻzga koʻrinmaydigan) ishlar bajariladi, yaʼni tashqi muhit molekulalari, atomlari mole-kulyar kuchlar b-n sistemaning molekulalari va atomlariga taʼsir qilib ish bajaradi. Mas, jism bilan qizdirilgan gaz I. kontaktiga keltirilganda gazdan jismga energiyaning oʻtishi gaz molekulalarining jism molekulalari bilan bevosita toʻqnashishi (mikroskopik ish bajarishi) orqali sodir boʻladi.

Prev Article

ISSIQKOʻL VILOYATI

Next Article

ISSIQLIK