ISTEHKOM — dushmandan saqlanish uchun lashkargox. atrofi yoki front li-niyasida barpo qilingan mustahkam inshoot. Qadimda yogʻoch, tosh va loy (gtax-sa, xom gʻisht) dan qurilgan. Mac, Fargʻona vodiysining Dalvarzintepa, Chusttepa, Zargʻaldoqtepa, Ashqoltepa, Tergachitepa kabi jez davriga oid qishloqlari atrofida shunday Istehkomlar boʻlgan. Hoz. zamon armiyalarida ham Istehkom oʻz harbiy ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. 2-jahon urushi arafasida Yevropa davlatlari «liniya» («chiziq») deb ataluvchi kuchli Istehkomlar qurdilar (mas, «Zigfrid liniyasi» (Germaniya), «Mannergeym liniyasi» (Finlyandiya), «Majino liniyasi» (Fransiya). 2-jahon urushida Moskva, Leningrad, Stalingrad va b. shaharlar mudofaasi uchun qudratli Istehkomlar barpo etilgan.